Jahon | 09:23 / 23.11.2018
4984
2 daqiqa o‘qiladi

Soros jamg‘armasi AQSh kongressiga Facebook bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: AP

Moliyachi va milliarder Jorj Soros tomonidan tashkil etilgan «Ochiq jamiyat» jamg‘armasi vakili AQSh kongressini Facebook korporatsiyasi ustidan nazorat o‘rnatishga chaqirdi. Bu kompaniya tanqidchilarni obro‘sizlantirish uchun Definers Public Affairs konsalting firmasi xizmatlaridan foydalangani haqidagi xabarlar sababli yuz beradi, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi.

Nashr Facebook sobiq top-menejyeri Elliot Shragening korporatsiya Sorosga media hujumlarni amalga oshirgani haqidagi so‘zlariga izoh so‘rab, fond rasmiy vakili Patrik Gaspardga murojaat qildi. 

Gaspardning javob qaytarishicha, agar korporatsiya haqiqatdan ham Sorosga «zarar» yetkazish istagida bo‘lsa, unda AQSh Kongressi uning ustidan nazorat o‘rnatishi lozim. Uning qo‘shimcha qilishicha, jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriluvchi ba'zi kompaniyalar «Facebook’dan ozodlik» kampaniyasida qatnashgan, biroq xayriya tashkilotidan buning uchun pul olishmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook sobiq top-menejyeri Jorj Sorosga hujumlarni tan olgandi.

Mavzuga oid