«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati tashabbusi va muallifligi ostida «Tecno food Service» korxonasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk bor ko‘chma «meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan konteyner ko‘rinishidagi mobil sex» hamda «meva-sabzavotlarni o‘rtacha haroratda saqlaydigan mobil sovutgich»lar ishlab chiqarilmoqda.



«Meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan konteyner ko‘rinishidagi mobil sex»da meva va sabzavotlarni quritish, murabbo va turli ko‘rinishdagi mevali shirinliklarni tayyorlash va qadoqlash imkoniyatlari mavjud. Kuniga o‘rtacha 1 tonnagacha mahsulot tayyorlash quvvatiga ega.
«Meva-sabzavotlarni saqlaydigan mobil sovutgich»lar -5 dan +5 darajada va go‘sht mahsulotlari uchun -18 daraja haroratda ishlaydi hamda 10-15 tonna hajmdagi mahsulotlarni sig‘dira oladi.



Rejaga asosan, kelgusida yana 10 ta turli agrosanoat loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.
Bular:
1. Parrandachilik uchun mini fermalar;
2. UZV tizimida ishlovchi baliqchilik mini fermalari;
3. Quyonchilik mini fermalari;
4. Asalarichilik uchun mini fermalar;
5. Go‘shtni qayta ishlovchi mini sexlar;















