Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toşkent şahar hokimligining “Mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini reyting baholaş va natijalariga köra moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom” loyihasi joylaştirildi.

Hujjatga köra, mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini reyting baholaş har yili, yiliga bir marta ötkaziladi.

Mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini reyting baholaş qonuniylik, oşkoralik, adolatlilik, tenglik va şaffoflik tamoyillariga asoslanib ötkaziladi.

Mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini reyting baholaş natijasida eng namunali mahalla fuqarolar yiğini aniqlanadi va şu mahalla fuqarolar yiğini xodimlari va faollari moddiy rağbatlantiriladi.

Mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini baholaş uçun har yili 20 dekabrga qadar namunaviy tarkibda tumanda Mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini reytingini baholaş böyiça işçi guruh tuziladi.

Işçi guruh tarkibi Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman kengaşi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Işçi guruh 1 fevralga qadar tumandagi har bir mahalla fuqarolar yiğiniga çiqib, amalga oşirilgan işlarni örganadi va Mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini baholaş mezonlari asosida baholaydi.

Bunda işçi guruh tegişli mahalla fuqarolar yiğini tomonidan amalga oşirilgan işlarni taqdim etiladigan ma'lumotlar asosida baholaydi. Mezonlarni baholaşda mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi aholi soni, joylaşuvi inobatga olinadi.

Zarur hollarda işçi guruh tomonidan tegişli taşkilotlardan mahalla fuqarolar yiğini böyiça kerakli ma'lumotlarni sörovnomalar beriş orqali olişi mumkin.

Mahalla fuqarolar yiğini faoliyati mezonlarda körsatilgan har bir indikator böyiça baholanişi şart.

Işçi guruh tomonidan tumandagi har bir mahalla fuqarolar yiğini faoliyatini baholaş natijalari hujjat bilan rasmiylaştiriladi.

Baholaş natijalari işçi guruh a'zolari hamda tegişli mahalla fuqarolar yiğinining raisi (raisi bölmaganda uning vazifasini bajaruvçi şaxs) tomonidan imzolanadi.

Baholaş natijalari böyiça tuzilgan hujjatning bir nusxasi tegişli mahalla fuqarolar yiğinida qoldiriladi.