Amerikaliklar bu yilgi “qora juma” deb ataluvçi çegirmalar kunida 23 milliard dollar sarflaşdi, bu ötgan yilgiga nisbatan töqqiz foizga köproq, deb xabar berdi Mastercard tölov tizimi. 

AQŞ milliy çakana savdo federatsiyasi ma'lumotlariga köra, bu yilgi çegirmalar kunida arzonlaştirilgan mahsulotlarni sotib oliş uçun 116 million nafar amerikalik kuraşga kirişgan.

Noyabr oyining oxirgi jumasida ötkaziladigan “qora juma” an'anasi qanday paydo bölgan? 1924 yilda Nyu-Yorkdagi Macy's magazinlar tarmoği Şukrona kuni munosabati bilan Santa-Klaus iştirokida parad uyuştirgan. Parad vaqtida savdo hajmi oşganligi qayd etilgan va şundan söng bu parad har yili ötkaziladigan bölgan.

Keyinçalik köplab magazinlar mijozlarni jalb etiş uçun Şukrona kunining ertasiga katta çegirmalarni taklif eta boşlagan.  

“Qora juma” atamasi esa 1960-yillarda Filadelfiya şahridagi politsiya departamentida paydo bölgan. Politsiyaçilar öşa kuni odam va transport gavjumligi bois zöriqib işlaşgani uçun bu kunni “qora juma” deb nomlaşgan.