Yevropa Ittifoqining 27ta davlati hukumatlari rahbarlari yakşanba kuni Yevropa Kengaşining navbatdan taşqari yiğilişida Buyuk Britaniyaning ittifoqdan çiqişi böyiça kelişuvni (Brexit) tasdiqlaşdi. Bu haqda Yevrokengaş rahbari Donald Tusk ma'lum qildi.

Kelişuvdan taşqari, Brexit haqidagi hujjatlar paketiga Birlaşgan Qirollik hamda Yevropa Ittifoqining kelgusidagi munosabatlari belgilab berilgan siyosiy deklaratsiya ham kiritilgan.

YeIning muzokaralardagi koordinatori Mişel Barnening aytişiça, Yevroittifoq hamda Buyuk Britaniya keyingi muzokaralarni 2019 yilning 30 martidan, ya'ni Britaniyaning YeI tarkibidan çiqadigan kunning ertasiga boşlaşi mumkin böladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Britaniya taşkilot faoliyatida muhim örin tutişda davom etişini aytib ötgan.

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Bryusseldagi sammitda Buyuk Britaniya YeIni tark etişini fojiali hodisa deb atadi.

«Buyuk Britaniyadek mamlakat Yevropa Ittifoqini tark etişini kuzatar ekanmiz,— buni xursandçilik bilan qarşilab, nişonlaş kerakmas, bu ğamgin va fojiali lahzalardir»,— deya uning sözlarini keltirgan AFP.

Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey mamlakat xalqiga oçiq xat bilan murojaat qildi. Murojaat matni The Telegraph naşrida e'lon qilingan.

Mey öz maktubida mamlakat aholisini Yevroittifoq bilan Brexit böyiça kelişuv loyihasini qöllab-quvvatlaşni söragan.

«2019 yil 29 mart kuni Birlaşgan Qirollik Yevropa Ittifoqini tark etadi va xalqimiz hayotida yangi sahifa boşlanadi. Bu yangilaniş va kelişuv nuqtasi bölişini istardim. Biz odamlarni mamlakat tuzilmadan çiqişini yoqlab va qarşi ovoz berganlarga ajratişni bas qilişimizni istardim», — ta'kidlagan Britaniya boş vaziri.

14 noyabr kuni Buyuk Britaniya hukumati Brexit böyiça kelişuvni ma'qullagandi. Endi uni Yevroparlament va Buyuk Britaniya parlamenti tasdiqlaşi kerak.

2019 yilning 29 martida Buyuk Britaniya YeIdan çiqişiga rasman start beriladi. 21 oy davom etadigan ötiş davrida Buyuk Britaniya YeI va bojxona ittifoqi a'zosi bölib qoladi, bu Irlandiya bilan çegarasini oçiq qoldirişi evaziga böladi. Agar tomonlar 21 oy içida - 2020 yilning 31 dekabrigaça yangi savdo kelişuviga erişa olişmasa, ötiş davri muddati uzaytiriladi.