Otam hayot, saksonga kirganlar, haliyam soğlom va tetik. Hozirga qadar tomorqada işlaydi: özi ekadi, özi öradi. “Otajon, qöying endi işlaşni, oyoq uzatib dam oling, sanatoriyalarga borib, maza qilib yurmaysizmi?”, deyman. “Bolam, qöl-oyoği soğ böla turib ham işlamasdan bölarkanmi, bekorçidan Xudo bezor...”, deydi. Umrim davomida otamning bekor turganini körmadim, Xudoga xuş kelmaydigan işlardan hamişa narida bölgan.
Esimda, biz bolalari bölar-bölmasga vaqtimizni yöqotsak “vaqt öğrilarisan”, deb qattiq koyirdi. Hayratlarim, butun umri dalada mehnat bilan ötgan otam pensiyaga çiqib, arab yozuvini mukammal örgandi, “Qur'oni karim”ni aslida öqiydi. Tomorqadan olgan daromadi va nafaqa pullarini yiğib, Haj safarlariga borib qaytdi. Hali ham qöli işda, közi kitobda. Qişloğimizda Ortiq buva deganlari bor, 90 yoşda, laqabi “Yapon bobo”, körsangiz şu yoşida ham ikki yigitning ğayrati bor deysiz, velosipedni yoş boladay uçirib haydaydi, şu yoşida ham maqomlarni qoyillatib kuylaydi. Tomorqasida tinmaydi. “Yapon buva, uyqusida ham işlaydiganlar xilidan”, deydi u haqida hamqişloqlarim.
Ötgan yili ta'tilda Buxoroning Labihovuzida tomoşa qilib yursak, xorijiy mehmonlarni yetaklab, ularga tarjimonlik qilib yurgan, qoraçadan kelgan bir bola e'tiborimni tortdi. 12-13 yoşlardagi bola ingliz tilida baloday gapirardi, göyo ingliz tilini suv qilib içgan deysiz.
— Tirikçilik qanday bölyapti? — hazillaşdim men.
— Bölopti, kuniya 20-30 dollardan, — deb javob beradi yigitça buxoroça şevada jilmayib.
Otam, hamqişloğim Ortiq buva va tarjimon bolani umumlaştirib turgan bir jihat bor. Bu ulardagi ğayrat, şijoat, tinib-tinçimaslik... Ğayratli, tinib- tinçimas, yuragida öti bor odamlar... Ularning maqsadiga yetiş yölida har qança qarşilik qiling, yölini tösing ularga pisand emas, kerak bölsa, uçib ötadilar. Aslida, ular ham biz kabi oddiy insonlar: kuladi, işlaydi, nafas oladi... Lekin ular göyo bizning olamimizdan emas, göyo Yaratgan egam bandalarining baxtli, farovon hamda xotirjam yaşaşi uçun ularning qalbiga tuganmas va öçmas bir çöğ solib qöygan. Biz dam olayotganimizda ular işlayotgan, uxlayotganimizda ular fikrlayotgan böladi. Halovatini yöqotib halovat, xotirjamligini yöqotib xotirjamlik topadi ular.
Mavzuga oid
Ba'zan öylanib qolaman. Navoiy bobomiz öziga töq, ta'bir joiz bölsa, bir umr yotib yesa ham tugamaydigan darajada mulkdor bölgan. Hukmdorning dösti, tinç-xotirjam va faroğatda yaşasa bölardi-ku?! Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va al Buxoriylarning ilmi ularni öz yurtida ham boqişga yetardi. Nega ular çeksiz maşaqqat, sargardonlik, musofirlik va riyozat yölini tanladilar?! Nega!?
Javobi bitta va juda oddiy, nazarimda. Buyuk odamlar, uluğ insonlar özi uçun yaşamaydi, ular insoniyatning baxti uçun, baxtli qiliş uçun yaşaydi. Insoniyatning koriga yaramoq ularnig qismatiga bitilgan. Ular Hazrati insonni baxtli köriş uçun ham öz nafsiga jilov va tuşov urganlar. Bu kabi insonlar yaşab ötdilar. Hozir ham bor. Bundan keyin ham yaşaydilar. Lekin meni bir narsa öylantiradi. Nega menda öşalar kabi bölişga rağbat , sizda istak, ularda xohiş yöq!? Ming bor uzr, könglingizga tegib ketgan bölsam, öz qobiğimizga qaçonga qadar öralib yaşaymiz. U dunyomiz va bu dunyomizda ham bir çaqalik qiymatga arzimaydigan ötkinçi hoyu havaslar ortidan qaçongaça çopamiz. Dunyo matohlari uçun ohlar uramiz. Tilla taqmasak, maşinamiz bölmasa, olam közimizga tor va qoronği körinadi. Göyoki bizning omadimiz yöq, baxt bizdan yuz ögirgan deymiz, hasratimizdan çang çiqadi. Dunyodagi barça narsalar inson uçun yaratilganini, inson esa sinov uçun yaratilganini unutdikmi?
Hazrat Navoiy aytadilar: “Qurt jondan keçib ipak böldi, Tuxum jondan keçib çeçak böldi. Ipak qurtiça ğayrating yöqmi. Lola tuxumiça himmating yöqmi?” Ayting, qaçon özimizda heç bölmaganda ipak qurtiçalik ğayrat, lola tuxumiçalik himmat topamiz. Çamamda, dunyoni suv bossa töpiğiga çiqmaydigan, tepsa-tebranmas, loqayd odamlar köpayib borayotganday. Köçada ikkitasi janjallaşib tursa, indamaymiz. Avtobusda öğri birovning çöntagiga tuşayotganini köramiz, jimmiz. “Nima qilaman boşimni oğritib, ertaga meni guvohlikka çaqiradi, menga kim böpti ular”, deymiz. Hadisda aytilişiça, inson to özini özgartirmagunça, Olloh uni özgartirmas ekan. Tafakkurimizni, iş tarzimizni, qotib qolgan qalbimizni özgartiriş fursati kelmadimikin. Ozgina aqli bor, hatto kör odamga ham ayon va tuşunarli bölgan bu oçiq hikmatdan nega ta'lim olmaymiz. Zamon özgardi, taraqqiyot şiddat bilan davom etmoqda.
Allohga şukronalar bölsinki, Mustaqil bölganimizga ham mana 26 yildan oşdi. Biz tanimiz bir bölagi bölgan ona Vatanimiz, xalqimiz uçun nima qildik, nima qilyapmiz. Ba'zi tuppa-tuzuk, tillari burro, gapirganda odamni sehrlab qöyadigan kimsalar nolib qoladi. Nima emiş, yaşaş oğir bölayotgan emiş. Ikki-uç million söm oylik olayotgan bölsa-da, yetmas emiş. Bu gapni yeyişga noni, uxlaşga boşpanasi yöq afrikalik odam emas, şinamgina uyi, tagida maşinasi bor, qora qozonida har kuni göşt qaynayotgan odam aytayapti. Hay, hay, hay. Orzuni sal kamaytiring, birodar! Siz dabdabali töy qilaman, töyga falon ming dollarga Falonçini olib kelaman, uç qavatli imorat quraman desangiz Qorunning ham molu dunyosi yetmas balki. Bu gapni özini savodliman deb kökragiga urib da'vo qilayotgan, eng açinarlisi, payğambarlarning hayoti davomida töyib ovqat yemagani, ustiga tuzukroq kiyim kiymaganini biladigan odam aytayapti. Afsus...Suf...
Meni hayotda bir narsaga: tört muçasi soğ, aqli raso, tökis odamning hayotdan, yaşaşidan noliganiga aqlim yetmaydi. Yaratgan bizga bitmas-tuganmas xazinalar bergan: gapirişga til, köriş uçun köz xazinasi, eşitişga quloq, yurişga oyoq, işlaşga qöl, aql... Axir bularning har biri ulkan xazina-ku, bu ne'matlar orqali istagança boylik, obro‘-e'tibor, hattoki, e'tirof topiş mumkin.
Bir gazetada 20-asrning boşida yaşab ötgan rossiyalik közi ojiz Vasiliy Yeroşenko haqida öqib qolgan edim. Taqdiri alamli bölgan bolakay 4 yoşida kör bölib qoladi. Xotiralarida bor-yöği törtta narsani “osmon, kabutarlar, yaşagan çerkov va nihoyat onasining çehrasini” xira-şira eslaşini aytadi. Vasiliy taqdirga tan bermaydi. U zör bir iştiyoq bilan skripka, gitara çalişni örganadi. Moskvaning maşhur restoranlarining birida skripka çaladi. Esperanto tilini örganadi. Angliyadagi musiqa akademiyasida öqib turib, şarq madaniyatiga qiziqadi, yapon tilini örganadi. Tokioga borib, Közi ojizlar maktabida birdaniga 4 ta yönaliş: musiqa, tibbiyot, psixologiya va adabiyot yönalişi böyiça tahsil ola boşlaydi. Massaj va igna orqali davolaş ilmini ham örganadi. Eng hayratlanarlisi, bir söqir odam hayoti davomida yigirmaga yaqin tilni, jumladan, ingliz, yapon, xitoy, turk tillarini örganadi. Hatto uning bu tillarda yozgan hikoyalari, şe'rlari markaziy naşrlarda çop etiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Vasiliy Yeroşenko bir muddat qöşni Turkmaniston Respublikasida ham yaşab brayl yozuvining turkmança talqinini yaratib, avval Kuşkada, keyin esa Toşkentda ham közi ojizlarga dars bergan. Közlari ojiz, yordamga muhtoj bir insonning matonatiga qarang. Uning jasoratiga, sabriga, şijoatiga texnika mö'jizalari bilan butun dunyoni lol qoldirayotgan yaponlarning özi ham hali-hanuz qoyil qolmoqda.
Bir tanişim jiyanini Toşkentga - mening oldimga yuborib, iloji bölsa, biror işga joylab qöyişimni iltimos qildi. Yöq deya olmadim. Keldi. Gaplaşdik. Polvon yigit ekan, böyi salkam 2 metr atrofida, toğni ursa talqon qiladigan, bilagida bir filning kuçi bor, bir urib buqani ağanatadi deysiz körib.
— Işga keldim, toğa.
— Nima, özingizda iş yöqmi?
— Iş köpu, oyligi kamda...
— Xöp, nima iş qilmoqçisan.
— Bozorda arava sursam degandim...
Ana gapu mana gap. Şu böy, şu qomat bilan arava suraman desa-ya. Orzuga ayb yöq, lekin men undan katta maqsadlar kutgandim... Unga juda açindim, unga juda rahmim keldi. Böyiga yaraşa maqsadi yöqligiga, hayotni juda mayda qariçlar bilan ölçaganiga, bir qumursqaçalik ğayrati yöqligiga... Inson qanday yaşaşi kerak?! Oddiygina savol. Javobi donişmandlarni-da öyga toldiradigan darajada murakkab.
Har gal maşhur şoir Abdulla Oripovning “Şunday yaşar odatda odam ” şe'rini eslaganimda vujudimda qandaydir bir narsa tuğyon uradi, göyo qonim köpirib, şe'rdan bir tuganmas quvvat olganday bölaman. Özimda hayotga, yaşaşga bölgan muhabbat kuçayganini sezaman.
Qöy, qerakmas, qöying kerakmas,
Menga orom tilamang, döstlar.
Xilvat soz deb, qistamang, döstlar,
Menga bunday orom kerakmas!
Nogahonda xayolga botsam,
Yo uxlasam, uyğoting darrov.
Nomim tutib söz qoting darrov,
Behudaga bir yoqqa borsam.
Qöllarimdan uşlab öşal dam,
Kuraşlarni safiga qöşing.
Qur, yarat deng, hayqir deng, jöş deng,
Şunday yaşar odatda odam!
Har kanday insonning aslida qanday yaşaşi kerakligi yuqoridagi şe'rda aniq va lönda şaklda aytilgan. Keling, hayotda, işda, yaxşilik yölida... har birimiz yonib yaşaylik, hayqirib yaşaylik! Şubhasiz, biz şunga munosib xalqmiz. Şundagina bizdan xalq mamnun, Yaratgan rozi böladi!
Rahmatulla Sultonov,
“O`zbekiston” teleradiokanali boş muharriri