Bugun, 24 noyabr kuni Toşkent şahridagi Inha universitetida GDG DevFest dasturçilar festivali bölib ötdi. Google Developers Group, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi tomonidan hamda Toşkent şahridagi Inha universiteti tomonidan taşkil etilgan mazkur festivalda Isroil, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston kabi davlatlar vakillari, 30dan ortiq spiker, Özbekistonning eng yaxşi dasturçilari iştirok etdi.

Festivalga taşrif buyurgan maxsus mehmonlar sifatida dunyoga maşhur mutaxassislardan biri Google kompaniyasi injyeneri Ileka Plan, Tojikistonda iqtisodiy texnologiyalar yönalişida yutuqlarga erişgan “Alif” banki asosçisi Zuhurşo Rahmatullayevni aytib ötiş mumkin.




- Mazkur festival 2018 yildagi nafaqat Özbekiston, balki Örta Osiyo miqyosidagi dasturçilar örtasidagi eng yirik xalqaro konferensiya bölib, uning doirasida turli xil taqdimotlar ötkaziladi. Ular orasidan menga eng yoqqani, Google Sloud platformasi yordamida maşina boşqarişni örganiş loyihasi böldi. Festivalda namoyiş etilayotgan işlanmalarni körib dunyoda “törtinçi inqilob” boşlanmoqda deb aytiş mumkin. Bu degani hayotimizning istagan jabhasida sun'iy ongni qöllab katta yutuqlarni qölga kiriş mumkin, -deydi tadbir taşkilotçilaridan biri Darhonbek Mamataliyev.


GDG DevFest festivalida turli sohalarning professional mutaxassislar yiğilib, bilim va tajriba almaşadilar. Toşkentda 2015 yildan boşlab Google I/O Extended Tashkent konferensiyasi ötkazib kelinmoqda. Konferentsiya özbekistonlik yoş mutaxassislarni Google kompaniyasining innovatsion yeçimlari bilan tanişiş uçun öziga xos platforma sifatida xizmat qilmoqda.










