Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar qariyb 700 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan kosmetika mahsulotlarini fosh etishdi
Xorijiy davlatdan poytaxtda faoliyat yurituvchi mas'uliyati cheklangan jamiyat nomiga kelgan tovarlarga tegishli yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga muvofiq kosmetika va pol uchun ishlatiladigan laminatsiya qoplamalari olib kelinishi lozim edi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi.
Bojxonachilar mazkur tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganida, bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan pol uchun ishlatiladigan laminatsiya qoplamalari tovarlari mavjud emasligi, ularning o‘rniga esa hujjatda ko‘rsatilganidan ortiqcha qiymati 690 million so‘mlik, 22 turdagi 187 078 dona kosmetika tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 23.02.2026
Ajinlar ko‘payib, erta qariyapsizmi? Muammo kosmetikada emas, ovqatda bo‘lishi mumkin
16:07 / 10.10.2025
Misr O‘zbekistonda tibbiy kosmetika vositalarini ishlab chiqaradi
16:50 / 02.10.2025
Kuzda ayollar uchun eng foydali kosmetik muolajalar
13:25 / 11.09.2025