Suriya prezidenti Başar Asad hukumatda özgarişlar amalga oşirdi.

SANA agentligi xabariga köra, Asad 9 nafar vazirni işdan böşatgan.

Qayd etilişiça, u Suriya Içki işlar vazirligiga general Muhammad Xolid Rahmonni yangi rahbar etib tayinlagan.

Şuningdek, Asad Turizm vaziri, Ta'lim vaziri, Suv resurslari vaziri, Içki savdo va iste'molçilar himoyasi vaziri, Quriliş vaziri, Sanoat vaziri hamda Aloqalar va yuqori texnologiyalar vazirini ham işdan olgan.