27 noyabr kuni soat 11:00da Özbekiston Milliy matbuot markazida «Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida islohotlarning borişini tavsiflovçi statistik axborotlarning obektivligi hamda dolzarbligini yanada takomillaştiriş yönalişlari va istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.
Anjumanda iştirok etgan qömita qatnaşçilarining sözlariga köra, rasmiy statistika ma'lumotlarining maksimal darajada oçiqligi, oşkoraligi va şaffofligini ta'minlaş böyiça qat'iy çoralar körilmoqda. Öz navbatida, Davlat statistika qömitasi tomonidan 2017 yilning 1 noyabridan boşlab, www.stat.uz rasmiy saytining yangilangan şakli işlab çiqildi va işga tuşirildi. Saytning yangilangan şakli foydalaniş uçun qulay bölgan interfeysda yaratilgan. Unda foydalanuvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida statistik ma'lumotlar bir bölimda yaxlitlangan, tahliliy ma'lumotlar va press-relizlar naşr etilişi yölga qöyilgan, barça ma'lumotlar uç tilda (özbek, rus va ingliz) joylaştirib boriladi.
Bundan taşqari, tadbirda Davlat statistika qömitasining Facebook ijtimoiy tarmoğida sahifasi va Telegram messenjerida guruhi oçilgani aytib ötildi.
Şuningdek, kiçik korxonalar, mikrofirmalar, dehqon va fermer xöjaliklari statistik kuzatuvlari takomillaştirildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida norasmiy faoliyatni iqtisodiyotning turli sektorlarida muntazam statistik kuzatuvlari tizimi kengaytirildi, inflyatsiya darajasini hisoblaş va monitoringining yangi uslubiyati joriy etildi, «Milliy hisoblar tizimi — 2008» tavsiyalari asosida hisobning uslub va uslubiyatlari takomillaştirilgani haqida jurnalistlarga aytib ötildi.

















