26 noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti sobiq boş kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi delegatsiyani qabul qiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.

Foto: Kruz

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisining örinbosari A.Hamroyev mehmonlarni respublikaga taşrifi bilan samimiy qutlab, ölkaning jöğrofiy joylaşuvi, aholisi, ma'muriy boşqaruv tuzilmasi, tabiiy boyliklari, şuningdek, amalga oşirilayotgan islohotlar bilan yaqindan taniştirdi. Şuningdek, mustaqillik yillarida köplab rivojlangan davlatlar qatorida Janubiy Koreya bilan ham har tomonlama aloqalar yaxşi yölga qöyilganligini va bu aloqalar bugungi kun yangi bosqiçga kötarilganini ta'kidlab ötdi.

Foto: Kruz

Öz navbatida, Pan Gi Mun uşbu hududning ekologik şaroitini yaxşilaş yölida amalga oşirilayotgan xayrli işlarga öz hissasini qöşişini aytdi va samimiy qabul uçun minnatdorlik izhor qildi. 

Bugun, 27 noyabr kuni, Nukus şahrida «Orolböyi hududida ekologik vaziyatni yaxşilaş masalasi va bu jarayonda koreys diasporasining roli» mavzusida xalqaro forum ötkaziladi. 

Foto: Kruz