«PSJ» hujumçisi Neymar muayyan şartlarni bajariş evaziga mavsum oxirida klubni tark etiş borasida kelişuvga erişgan. 

Kataloniyadagi beteve telekanali ma'lumotiga köra, parijliklar klubi 26 yoşli forvardni 200 million yevro tölaydigan jamoa topilsa qöyib yuborişga rozi böladi.

Braziliyalikning sobiq klubi «Barselona» uni qaytariş böyiça muzokaralar boşlagan. Futbolçi 2017 yil yozida aynan şu klub safidan 222 million yevro evaziga Fransiyaga kelgandi.

«Barselona» bilan muzokara ötkazayotgan agent Andre Kyuri ötgan haftada Londonda futbolçining otasi bilan uçraşgan.

Neymarga Madridning «Real» klubidan ham qiziqiş bor.

Bundan avvalroq «Barselona» Neymarning transferiga Usmon Dembeleni qöşişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.