Yonğin Yakkasaroy tumanida qayd etilgan.
Poytaxt IIBB ma'lumotlariga köra, bugun, 27 noyabr kuni, soat taxminan 12:25da, 101 raqamiga Yakkasaroy tumanidagi Şoxjahon köçasida joylaşgan «Fortuna» xususiy bolalar boğçasida yonğin sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.
«Öt öçiruvçilarning jangovar rasçyoti darhol voqea joyiga jönab ketdi va soat 12:41da yonğin butunlay bartaraf etildi. Yonğin natijasida şiftning bir qismi (3 kvadrat metr) va xonalardan birining devorlari yonib ketgan», - deyiladi IIBB xabarida.
Ta'kidlanişiça, bolalar va boğça xodimlaridan heç biri jabrlanmagan. Yonğinning ehtimoliy sababi konditsioner simlaridagi qisqa tutaşuv bölgan.












