27 noyabr kuni soat 11:00da Özbekiston Milliy matbuot markazida «Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida islohotlarning borişini tavsiflovçi statistik axborotlarning obektivligi hamda dolzarbligini yanada takomillaştiriş yönalişlari va istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.

Anjuman doirasida jurnalistlar bilan savol-javoblar ötkazildi.

«Hozirgi kunda amalda bölgan me'yor eng kam oylik iş haqidan iste'mol savatçasiga ötiş masalasi bir neça idoralar iştirokida işçi guruh tuzilgan. Bu guruh faoliyati Iqtisodiyot vazirligi raisligi ostida Soğliqni saqlaş, Moliya vazirliklari va Davlat Statistika Qömitasi hamkorligida şakllanib amalga oşirib kelinmoqda. Bu yangi me'yorga ötiş uçun işlar 2020 yilgaça belgilangan.

Statistika qömitasi yillik, çorak davr mobaynida tadbirkorlik sub'yektlarining statistik ma'lumotlari tuziladi va bu ma'lumotlarning töğri va aniqligini tegişli davlat idoralari (soliq idoralari, bank va savdo-sanoat palatasi) bilan hamkorlikda aniqlanadi. Şu sababli, tadbirkorlik sub'yektlari ham vijdonan töğri ma'lumotni berişi lozim. Agar ma'lumot qançalik töğri berilsa, iqtisodiyotga baho töğri beriladi», deya anjuman raisi Agzam Ikramovning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Anjuman davomida qömitaning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boşqarmasi boşliği Aziz Mamirov davlat YaIM miqdori qanday hisob-kitob qilinişi haqida aytib ötdi. Mutaxassisning tuşuntirişi böyiça, barça xöjalik yurituvçi sub'yektlarning alohida yönalişi mavjud.

«Yirik korxonalar, kiçik biznes sub'yektlari, ixçamlaştirilgan kiçik korxonalar uçun alohida tarmoq belgilangan. Bu böyiça ular qömitaga ma'lumotlar taqdim etadi. Har bir korxona yoki taşkilot yilda bir marta hisobot topşiradi, sababi ularni qoğozbozlik bilan band qilib qöymaslik kerak.

Qolgan ma'lumotlarni aniqlaş uçun anketalar tarzida kuzatuv olib boramiz. Tahlillarimiz bilan tarmoqlarda narx indeksi şakllanadi. Uy xöjaliklari böyiça ma'lumotlarda 10 ming xonadonni tanlanma tarzida örganamiz. Şu böyiça xulosa çiqaramiz.  Biz mana şu hisobotlar asosida umumiy ahvolni aniqlaymiz. Davlat organlarining va notijorat taşkilotlarning xarajatlari ham hisobga olinadi. Davlat organlarining xarajatlari Moliya vazirligi tomonidan berilgan ma'lumotlar asosida işlab çiqiladi. Investitsiya masalasiga ham doimo e'tibor qaratamiz. Bu ham yillik va çorak davr haqidagi ma'lumotlar hisoblanadi. Taşqi savdo saldosi va eksport böyiça ma'lumotlar bojxona xizmati bergan raqamlar asosida tuzib çiqiladi. Bularning hammasi umumlaştirib YaIM belgilanadi.