5 yoşli çeçenistonlik bola, qöllarga tayanib yotgan holda kötarilib-turiş maşqidan bir urinişda 4 ming martadan köproq bajargan Rahim Kuriyev uşbu rekord natijasini 28 noyabrda Rossiya rekordlar kitobi komissiyasi a'zolari köz öngida takrorlab bermoqçi.
Avvalroq bolakay 2 soat 26 daqiqa davomida 4105 marta kötarilib-turgani ma'lum qilingandi. Biroq Rossiya rekordlar kitobi vakillarida bu natija borasida “kiçik savollar” tuğilgan, şu sababli rekord rasman qayd qilinmagan.
Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Rahim öz rekordini qaytara olişiga işonç bildirgan va “komissiya a'zolarida buni sanaşga sabr yetsa bölgani” deb ta'kidlab ötgan. Avvalroq Qodirov bolakayni uşbu rekordi uçun “Mercedes” maşinasi bilan taqdirlagandi.
“28 noyabrda Grozniyga Rossiya rekordlar kitobi vakillari kelişadi va ular köz öngida Rahim öz rekordini takrorlaydi. Biz 4,2 ming marta kötarilib-turişni bajarmoqçimiz. Qolgani bolaning kayfiyatiga boğliq böladi”, deb aytgan bolaning otasi Zelimxon Kuriyev. U öğlining kutilayotgan sinovga ham ruhan, ham jismonan tayyorligini aytdi.
“Rahim tayyor, kayfiyati a'lo. Biz şu kunlar davomida u bilan maşğulotlar ötkazdik, rekordni takrorlaşga tayyorlandik”, deb qöşimça qilgan bolaning otasi. Bu gal bola öz natijasini Grozniy televideniyesi studiyasida namoyiş qiladi.












