Umrida birinçi marta deltaplanda uçişga qaror qilgan amerikalik halokatdan qutulib qoldi. 

Kris Gurskiy rafiqasi bilan Şveytsariyadagi ta'til vaqtida 1200 metrlik toğdan deltaplanda uçişga qaror qilgan. Ayolning urinişi muvaffaqiyatli, biroq Krisning urinişi omadsiz yakunlangan. 

Gap şundaki, instruktor Krisdagi ehtiyot trosini deltaplanga mahkamlaşni unutib, şu holda u bilan birga uçib ketgan. Amerikalik 2 daqiqadan köproq vaqt bir qöli bilan deltaplanni, bir qöli bilan instruktorning oyoğini uşlab, osilgança uçişiga töğri kelgan. Uşbu holat tasvirlangan videoda instruktor bir neça marta qönişga harakat qilgani, biroq buning uddasidan çiqa olmaganini köriş mumkin.

Oxir-oqibat instruktor pastlaşga muvaffaq bölgan. Özini arang uşlab turgan amerikalik yerga yaqin qolganda deltaplandan sakrab tuşib olgan, biroq noqulay tuşgani sabab kiçik jarohatlar olgan.