AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Kerç böğozidagi hodisa tufayli Argentinada taşkillaştiriladigan G20 sammitida hamkasbi Vladimir Putin bilan uçraşuvni bekor qilişi mumkin. Bu haqda The Washingtom Post yozmoqda.

Qöşma Ştatlar yetakçisining sözlariga köra, uçraşuvni bekor qiliş sababi unga «tajovuzkorlik» yoqmasligida.

«Balki, biz uçraşuv ham ötkazmaymiz. Biz, balki, umuman uçraşuv ötkazmaymiz. Menga bu tajovuzkorlik yoqmayapti. Men tajovuzkorlikni yoqtirmayman», - deya ma'lum qildi Tramp.

25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uçta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yöl olayotgan bölgan, lekin ularni Kerç böğozidan ötkazişmadi. Ukraina tomonining bildirişiça, avval Rossiya kemalar kelişi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.

Şu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerç böğozidan çiqib ketayotganida unga qarata öt oçganini ma'lum qildi. Rossiya çegaraçilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizçi yaralandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainaning AQŞdagi elçixonasi Rossiyani töxtatiş usulini taklif qilgandi.

Bayonotga köra, Rossiya tomoni tinçlikka erişişning kuç imkoniyatlarini sinovdan ötkazmoqda. 

Qayd etilişiça, Rossiyani töxtatiş mumkin, biroq bunda faqat xalqaro hamjamiyatning haqiqiy harakatlarini körsatib beriş talab etiladi.