Amerika Qöşma Ştatlariga qölida bir yoşli çaqaloq bilan kirgan gvatemalalik migrant ayol farzandining vafoti tufayli davlatdan 60 million dollar talab qildi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Yazmin Xuarez qizi Mariya vafot etganida davlat tuzilmalarini ayblamoqda. Uning vakillari bildirişiça, bola onasi bilan Texas ştati Dilli şahridagi migrantlarni saqlaş markazida bölgan paytida kasalga çalingan. Nafas yöllarining jiddiy xastaligiga qaramay, qiz va onasi yetarli tibbiy yordam körsatilmay turib markazdan çiqarib yuborilgan. Bir yarim oydan keyin u hayotdan köz yumdi.

Arnold & Porter yuridik firmasi iş bilan şuğullanmoqda. Uning vakili R. Stenton Jons ma'lum qilişiça, davlatda Xuarezga tovon puli tölab beriş uçun yarim yil bor, aks holda iş sudga yuboriladi. «Bolalarni qamoqqa olib, AQŞ hukumati ularning xavfsizligi, qulayligi va sanitariya şaroitlari uçun javobgarlikni ham öz zimmasiga oladi», - dedi u.

Dilli şahridagi noqonuniy migrantlarni saqlaş markazida Amerika migratsiya xizmatlari onalarni bolalari bilan joylaştiradi.