Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning fikriça, hayotdagi qiyinçiliklar unga ijobiy ta'sir körsatgan. Bu haqda u Ostonada çorşanba, 28 noyabr kuni bölib ötgan fuqarolik forumidagi nutqida aytdi, deb xabar beradi NUR.KZ.
Davlat rahbari sözlariga köra, u hayotning barça oğirliklariga çidaşga majbur edi. «Men uruşdan keyin butunlay qaşşoqlikda yaşagan oddiy qişloq yigitiman. Heç narsa yetmagan, kiyişga kiyim ham bölmagan, 15 yoşimgaça töyib ovqatlanganimni eslay olmayman. Biroq, balki aynan şu sababdan ham men yanada soğlom bölgandirman», - deya ta'kidlab ötdi u.
Nazarboyevning aytişiça, kasb-hunar texnikumida egallagan pölat tayyorlovçi kasbi unga juda yordam berdi. U domna peçida oğir şaroitlarda işlagan: «1500 darajadagi metall, orqada - minus 40, oldinda - 1000 daraja».
Qozoğiston yetakçisi yoşlarga mehnat qilişga tayyorgarlik köriş va adolatsizlikni yengib ötişga örganiş haqida maslahat berdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Yaqin Şarqqa katta uruş şarpasi qaytişi mumkin ekanini ma'lum qilgandi.












