Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) iştirokçi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi (PA) Kengaşining taklifiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev boşçiligidagi mamlakat parlament delegatsiyasi 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Sankt-Peterburg şahrida (Rossiya) bölib ötadigan MDH PA 48-majlisi işida iştirok etadi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, MDH PA xalqaro taşkilot bölib, uning asosiy vazifasi MDH iştirokçi davlatlarining qonun hujjatlarini yaqinlaştirişga qaratilgan model qonunlar işlab çiqiş va qabul qilişdan iboratdir.

Qayd etilişiça, Özbekiston avval ham mazkur taşkilot tadbirlarida iştirok etgan. MDH PAning navbatdagi majlisida şaxsiy ma'lumotlar, turizm, axborotga oid rivojlaniş, ta'lim sifatini oşiriş kabi masalalar yuzasidan qator model hujjatlar loyihalari körib çiqilişi nazarda tutilgan.