Çempionlar ligasi guruh bosqiçining 5-turida «Yuventus» «Valensiya»ni qabul qilib, 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Öyindagi yagona gol Mario Manjukiç nomiga yozildi.

Manjukiçning 59-daqiqadagi uşbu goliga Kriştianu Ronaldu assistentlik qildi. Ma'lum bölişiça, «Valensiya» bilan bahsdagi yutuq 33 yoşli hujumçi uçun Çempionlar ligasidagi 100-ğalaba bölgan. Şu tariqa u YeÇLdagi ğalabali öyinlar soni böyiça yuzlik marraga yetib kelgan ilk futbolçi böldi.

YeÇL töpurarlari röyxatini ham ança vaqtdan buyon portugaliyalik boşqarib keladi. Uning hisobida 121ta gol bor. Keyingi örindagi Lionel Messi undan 16ta golga ortda qolmoqda.

Qiziği şundaki, Ronalduning Çempionlar ligasida ğalaba qozongan öyinlari soni uşbu musobaqada iştirok etib körgan jami 140ta klubning 136tasinikidan köproqni taşkil qiladi.

Foto: Getty Images

Eslatib ötamiz, «H» guruhidan «Yuventus»dan taşqari «Mançester Yunayted» ham keyingi bosqiç yöllanmasini hal qilgan. Sönggi turda turinliklar «Yang Boyz» maydoniga safar qiladi, mankunianliklar esa «Valensiya» mehmoni böladi.