Bugun Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Migratsiya böyiça agentligi kengaşining 109-sessiyasi Jyenevada bölib ötdi. Unda Özbekistonning Xalqaro migratsiya taşkilotiga (XMT) a'zo böliş töğrisidagi arizasi qöllab-quvvatlandi.

«Özbekistonni XMT oilasida çuqur mamnuniyat bilan qutlayman, - deya ma'lum qildi XMT yangi boş direktori Antonio Vitorino. - Sizning mamlakatingiz jahondagi eng qadimiy va eng qulay savdo yöllaridan biridir, uni migrantlar qadim zamonlardan beri kesib ötişgan. Men birinçi marta yangi a'zo mamlakatni mamnuniyat bilan qutlamoqdaman va öz davrimda köplab boşqa davlatlarni qutlaşimga umid bildirib qolaman».

Antonio Vitorino
Foto: Muse Mohammed / IOM

Özbekistonning XMTga a'zoligi böyiça masala Kengaş sessiyasining kun tartibiga Özbekiston hukumati murojaatiga asosan kiritildi, uning nomidan sessiyada bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Bahodir Nizomov iştirok etdi.

«Migratsiya nuqtai nazaridan, mintaqa dunyodagi eng jadal va tez özgaruvçan joylardan biri hisoblanadi», - deya izoh berdi XMT mintaqaviy direktori Argentina Sabadoş.

«Işonçim komilki, XMT va Özbekiston hukumati örtasidagi hamkorlik migratsiyani boşqarişdagi mavjud çaqiriqlar va imkoniyatlarga javob jihatidan juda samarali böladi. Bu umummilliy, mintaqaviy va global miqyosda katta foyda keltiradi», - deya qöşimça qilib ötdi u.