Avvalroq bir urinişda qöllarga tayangan holda yotgança 4105 marta gavdani kötarib-tuşira olgani xabar qilingan 5 yoşli çeçenistonlik Rahim Kuriyev uşbu maşqdan 2,5 soatda 3202 marta bajarib, 6 ta jahon rekordini örnatdi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya rekordlar kitobi boş muharriri Stanislav Konenko ma'lum qildi.

Rossiya rekordlar kitobida bolakayning avvalgi urinişi borasida “kiçik savollar” tuğilgani sababli uning natijasini rasmiy vakillar guvohligida takrorlaşga qaror qilingandi.

“Bugun Rahim Kuriyev 5 yoşli bolalar örtasida bir urinişda gavdani eng köp marta kötarib-tuşiriş böyiça rekorddan taşqari, yana 5 ta jahon rekordini örnatdi: bir soatda, ikki soatda maşqni eng köp bajariş; eng kam vaqt içida gavdani ming, 2 ming, 3 ming marta kötarib-tuşiriş. Bu rekordlarning barçasi rasman qayd qilindi”, deb aytgan Konenko. U bolakayga tegişli sertifikatni topşirgan.

Avvalroq Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov bolaning rekord natijasi uçun unga “Mersedes” maşinasini sovğa qilgandi. Bu gal esa respublika rahbari uni “Çeçenistonning faxriy fuqarosi” unvoni bilan taqdirladi. Bolakay şu tariqa uşbu unvonni olgan eng yoş çeçenistonlikka aylandi.