Çili içki işlar vaziri Andres Çadvik Santyagodagi “La Moleda” prezident saroyida yiqilib tuşib, qölini sindirib oldi va oyoği payi çözildi.

El Desconcierto naşrining ma'lum qilişiça, voqea 26 noyabr ertalab yuz bergan. Vazir mobil telefoniga çalğişi oqibatida zinadan yiqilib ketgan. 

Vazir jarohatiga qaramay, öşa kuni işini davom ettirgan, çunki prezident Sebastyan Pinera bilan uçraşişi kerak bölgan. Biroq vazir atrofidagilar unga şifokorga körinişni maslahat qilişgan.

Vazir şifoxonaga yetkazilgan va unga öng qöli sinişi, çap qöli darz ketişi, töpiği payi çözilişi va köplab lat yeyişlar taşxisi qöyilgan. Uning ikkala qöliga ham bandaj solingan. Hozir uni operatsiya qiliş masalasi hal qilinmoqda.