15:27 / 29.11.2018
10557

FIFA reytingi: O‘zbekiston 95-o‘ringa tushdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

FIFA terma jamoalarning noyabr oyi yakuniga ko‘ra reyting jadvalini e'lon qildi.

Reytingda O‘zbekiston termasi hisobidagi ochkolar soni oktabrdagidan 3taga kamayib, 1251tani tashkil etgan; shunga muvofiq jamoa o‘tgan oydan bir pog‘ona pastlab, 95-o‘rinni egallagan.

Oktyabr reytingida O‘zbekiston 8 oydan buyon ilk marta ko‘tarilishga erishgan, Osiyoda 13-o‘ringa chiqqan edi. Bu galgi jadvalda Qatar termasi uch pog‘ona yuqorilab, OFK a'zolari ichida yana 13-o‘ringa qaytdi. O‘zbekiston termasi 5 oydan buyon 94-96 o‘rinlar oralig‘ida qolmoqda.

Foto: OFK

Jahon reytingini Belgiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli uchlikdan Fransiya va Braziliya joy olgan. Umuman, yuqori o‘nlik tarkibi o‘zgarmay qolgan bo‘lib, 6-7 pog‘onalardagi Portugaliya va Urugvay terma jamoalari o‘rin almashishgan xolos.

Top