Prezident Xivada yangi qurilgan vokzalni ko‘zdan kechirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xiva shahrida qad rostlagan zamonaviy va ko‘rkam vokzalni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda yo‘lovchilar va sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek davlat rahbariga Xiva vokzalining old qismida milliy uslubda bunyod etilgan mehmonxonalar, maishiy bino va inshootlar, dam olish maskanlari haqida ma'lumot berildi.
Ta'kidlash joizki, Prezidentning 2017 yil 25 apreldagi qaroriga muvofiq, 2017-2018 yillar davomida Urganch – Xiva oralig‘ida yangi temir yo‘l uchastkasini qurish, zamonaviy Xiva vokzalini barpo etib, atrofni obodonlashtirish ishlari belgilangan edi. Temiryo‘lchilar o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashdi va umumiy qiymati 35,9 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyihani qisqa muddatda amalga oshirishdi. Xiva shahrida bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, milliy uslublar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy vokzal qurib bitkazildi. Shu bilan birga, Urganch vokzalidan Xiva shahrigacha umumiy uzunligi 33,78 km (asosiy yo‘l 29,6 km) bo‘lgan temir yo‘l qurildi.
O‘tgan qisqa vaqt davomida loyiha doirasida rejalashtirilgan 124 ta suniy suv inshootlari, 5 ta ko‘prik va 1 ta yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazildi. Endilikda bunyod etilgan yangi liniyada tashishlar «Urganch» va «Xiva» stansiyalari orqali amalga oshiriladi. Vokzal so‘nggi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi. Bu yerda zamonaviy VIP-zali, dam olish, ona va bola, tibbiyot xonalari, kutubxona mavjud. Rejaga muvofiq, uning oldida musiqali favvora o‘rnatildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan ushbu hududda barcha qulayliklarga ega 3 ta mehmonxona qurilishining yakuniy ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, «Xiva-Lokomotiv» istirohat bog‘i barpo etilmoqda. Unda 57 sotixli ko‘l, 27 xil attraksion, amfiteatr, zamonaviy savdo rastalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Bundan avval Kun.uz’da Xiva vokzali va uning atrofidagi infratuzilmalar bilan bog‘liq maqola taqdim etilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimi xatiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
-
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida
O‘zbekiston | 13:29
-
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
Sport | 13:23
-
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV
Jahon | 13:15
Mavzuga oid

11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

21:54 / 03.03.2025
Gurjiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

12:12 / 09.05.2024
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

21:24 / 02.10.2023