Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlar haqida yangi ma'lumotlarni oshkor qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh hukumatiga Ikkinchi jahon urushi vaqtida Qo‘shma Shtatlar tomoni uchragan yo‘qotishlar haqida qo‘shimcha ma'lumot taqdim etdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosarining yordamchisi, zaxiradagi general-mayor Aleksandr Kirilin xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda TASS.
Hujjatlar harbiy asirlar va bedarak yo‘qolgan shaxslar ishlari bo‘yicha Rossiya-Amerika qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi davomida topshirildi.
Kirilinning so‘zlariga ko‘ra, gap 16-havo armiyasi arxiv hujjatlaridagi, jangovar harakatlar davomida urib tushirilgan samolyotlarga aloqador ma'lumotlar haqida ketmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar vakillari bu hujjatlarni so‘rashni rejalashtirishgan, ammo Rossiya tomoni «buni oldindan seza bildi». Hammasi bo‘lib, general-mayor so‘zlariga ko‘ra, gap bir necha o‘nlab hujjat sahifalari haqida bormoqda.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
09:23 / 04.05.2026