Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan bevosita tanişiş maqsadida Xorazm viloyatiga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özbekiston prezidenti taşrif doirasida şu paytgaça bajarilgan işlarni tahlil qilişi, barça sohalarni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilişi zarur bölgan ustuvor yönalişlar va dolzarb vazifalarni belgilab berişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, bundan avval Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga joriy yilning aprel oyi oxirlarida taşrif buyurgandi. Bungaça Farhod Ermanov viloyat hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi.












