Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mansabdor şaxslari ommaviy ravişda qamoqqa olingan.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator mansabdorlik jinoyatlari fakti yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

Boş prokuratura matbuot xizmati ma'lum qilişiça, 16 noyabr kuni tergov harakatlari davomida Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori Ravşan Rafaeloviç Ibragimov, agentlik direktori örinbosari Uluğbek Bahodiroviç Nazarov, şuningdek, agentlik bölim boşliği A.A. va şö'ba mudiri O.M.ga ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Boş prokuratura tergov siri nuqtai nazaridan iş yuzasidan boşqa ma'lumotlarni oşkor qilmagan.

Ravşan Ibragimov
Foto: Kun.uz

Ravşan Ibragimov şu yilning bahorida Hojibaxlil Fazlitdinoviç Asamov örnida agentlik direktori sifatida iş boşlagandi (Asamov 2017 yil aprelidan buyon öşa vaqtda Janubiy Koreyaga işga jönatişdagi mojaro ortidan işdan olingan Uluğbek Nazarov örniga agentlikka vaqtinçalik rahbar sifatida işlab kelayotgandi).

Uluğbek Nazarov
Foto: Kun.uz

Uluğbek Nazarov esa şov-şuvli ravişda işdan olinişidan köp vaqt ötmasdan, 2018 yilning yanvarida agentlik rahbariga örinbosar sifatida qaytgandi.

Şu haftada OAVda agentlik rahbariyatidagi korrupsiya mojarosi haqida xabarlar tarqala boşlagandi. Xabarlarga köra, mansabdorlar Janubiy Koreyaga işga boruvçi kişilardan (har bir kişidan 5 ming dollar miqdorida) jami 20 million dollar atrofida pul yiğib olgani aytilgandi. Bu xabarlarda agentlik rahbariyati ommaviy ravişda qölga olingani, jami 20 nafar atrofida kişi Boş prokuratura Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasi xodimlari tomonidan olib ketilgani haqida yozilgandi.