Diqqatni boşqariş könikmasi taym-menejmentning har qanday talablaridan muhimroq. U yanada samarali işlaş va baxtliroq bölişga yordam beradi.
Diqqatni pul deya qabul qiling
Tasavvur qiling, diqqatingiz bu – pul. Bu valyuta sizda çeklangan miqdorda. Kun davomida uni “qimmat” va “qimmat bölmagan” vazifalar uçun sarflaşingiz mumkin. Jiddiy iş, mutolaa, siz uçun ahamiyatli vazifalar köproq diqqat birligini talab etadi, biroq arzon turadi. Kam ahamiyatli masalan, ijtimoiy tarmoqlarni varaqlaş kamroq diqqatni talab qiladi. Biroq u qimmat turadi. Diqqatning qarama-qarşi jihati ham şundan iborat.

Kunni elektron qurilmalardan boşlamang
Köpçilik erta tongni ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar öqişdan boşlaydi. Bunday qilsangiz, diqqatni jamlaş qobiliyatingizga putur yetkazasiz. Kunni kitob mutolaasi yoki kundalikka qaydlar yozişdan boşlagan afzal. Heç kim poçtani tekşira turib, hayotni özgartirmagan. Şunday ekan, nima uçun bunga şu qadar köp vaqt sarflaysiz?
Siz uçun qimmatli bölgan vazifalarga diqqatingizni qarating
Har qanday maqsad yölida muvaffaqiyatga qaraganda muhimroq bölgan bir neça vazifalar böladi. Agar ularga e'tibor bermay, boşqa işlar bilan şuğullansangiz, sizda bandlik hissi böladi. Biroq samaradorlik aziyat çekadi.
Samaradorlik – biror vazifaga vaqt sarflaş emas, vaqtni qanday sarflaşdir. Bu esa aynan öz diqqatingizni boşqariş qobiliyatiga boğliq böladi.

Köp vazifalilikdan qoçing
U samaradorlik va diqqatni bir joyga jamlagan holda işlaşga zarar keltiradi. Faqat irodangizgagina tayanmang.
Heç bölmaganda bir vazifaga diqqatni qaratişga harakat qiling. Bu vaqt davomida töliq iş kunida bajarişga qaraganda köproq işga ulguriş mumkin.











