IIV: O‘zbekistonda jinoyatchilik 10 oyda 35,7 foizga kamaydi
O‘zbekistonda 2018 yilning 10 oyidda jinoyatchilik 2017 yilning shu davriga nisbatan 35,7 foizga kamayishiga erishildi. Bu haqda Taraqqiyot strategiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
«2018 yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida respublikada jami 38 ming 445ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, avvalgi yilga nisbatan 21 ming 335taga yoki 35,7 foizga kamayishiga erishildi», - dedi general-mayor Burhonov matbuot anjumanida.
Fuqarolarga qulayliklar yaratish, ichki ishlar organlarini aholiga yaqinlashtirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari va huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli tashkil etish maqsadida ichki ishlar bo‘limlaridan olisda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175ta ichki ishlar bo‘linmalari va 824ta tayanch punktlari tashkil etildi.
Profilaktika inspektorlari soni 1102 nafarga oshirildi. Vazirlik huzurida Tergov departamenti, joylarda esa, surishtiruvchilar instituti shakllantirildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida joriy yilning 10 oyida respublikaning 9015ta mahallasidan 2789tasida umuman jinoyat sodir etilganligi qayd etilmagan.
Shu vaqtgacha 1562 shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinib, ularga O‘zbekiston respublikasi fuqarolik pasportlari topshirilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2018 yilning 10 oyida 3 mln 124 ming 266ta qoidabuzarlik aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Mavzuga oid
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024
10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi
19:56 / 15.10.2024