Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 sentabrdagi «2019 yil hosili uçun kuzgi boşoqli don ekinlari navlarini joylaştiriş va boşoqli don yetiştirişning prognoz hajmlari töğrisida»gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Boş prokuratura huzuridagi agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi viloyat boşqarmasi tomonidan muntazam nazorat tadbirlari ötkazilmoqda.
Zarnews.uz naşri Boş prokuratura huzuridagi agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi viloyat boşqarmasiga asoslanib bergan xabariga köra, mazkur tadbirlar davomida aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan 2 nafar mas'ul şaxs ogohlantirilib, 1 nafar şaxsga nisbatan intizomiy, 79 nafar şaxsga ma'muriy javobgarlik çoralari qöllangan.
Jumladan, Jomboy tumani hokimi Umidjon Nazarov va Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilov Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosiga mas'uliyatsizlik bilan yondaşgani uçun ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 198-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy iş qözğatilgan.
Past Darğom tumani suv iste'molçilar uyuşmasi boşliği Q.Xalilov öz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan holda «Zarafşon» MMTP hududidagi ğalla maydonlarini suğoriş uçun ajratilgan suvni nazoratsiz qoldirgani sababli ma'muriy jazolandi.
«Şu kabi nazorat tadbirlari davomida boşoqli don ekişni asossiz ravişda keçiktirgan Oqdaryo tumanidagi «Avnamas-saxovatli diyor», «Dahbet ne'matlari», «Oqdaryo Navröz hosili», «Jasur Oripov», «Çorboğ kelajak boğlari», «Xusenov Maxsud hosili», «Maxsum Boğlari», «Begoyim», «Madina-bonu boği», «Dahbet Diyorbek ğallasi», «Baraka» fermer xöjaliklari rahbarlariga ham ma'muriy javobgarlik çoralari qöllanildi», deyiladi xabarda.
«Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining Urgut tuman don qabul qiliş maskani mudiri Z.Mirzayev uruğlik buğdoyning muvofiqlik sertifikatini olmasdan tarqatgani aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy javobgarlikka oid iş qözğatilgan.
Ma'lumot örnida, 2019 yil hosili uçun viloyatdagi 9 ming 628 fermer xöjaligi tomonidan 104 ming 249 gektar suğoriladigan maydonda ğalla parvarişlanmoqda.
Biroz avvalroq Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Boşoqli don yetiştirişni yanada rağbatlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilingan, unga köra, suvli yerlarda ğallaning har gektaridan 40 sentnerdan kam hosil oliş «yerga nisbatan xiyonat» deb baholanişi belgilangandi













