«Mançester Yunayted» hujumçisi Aleksis Sançes «PSJ»ga ötib ketmoqçi. U soğliği bilan heç qanday muammo bölmagani holda «Yang Boyz»ga qarşi YeÇL öyini qaydnomasiga ham kiritilmaganidan darğazab bölgan.
Mirror`ning yozişiça, murabbiyning bu qaroridan söng Sançes jamoadoşlaridan biriga jamoani tark etib, Parijga ketmoqçi ekanini aytgan.
Mourino «Yang Boyz» bilan öyindan keyin Aleksisning yöqligi haqidagi savolga mujmalroq javob bergan edi:
«Yöq, Sançes jarohat olmagan. Ammo şunisi qiziqki, sizlar doim öynamayotgan futbolçi haqida savol berasizlar. Reşford öynadi, şuni istagandingiz-ku. Doim bu haqda sörardinglar va mana şunday ham böldi.
Lukaku haqida ham gapirmanglar, u mart oyidan beri «Old Trafford»da gol urgani yöq. Keyin bölsa nega öynamayapti, deb savol berasizlar.
Murakkab savollar bilan meni qiyin vaziyatga qöyasizlar, lekin xuşmuomalalik bilan: «Joze, bugun Markus Reşfordni asosiy hujumçi sifatida öynatdingiz», deyişingiz ham mumkin edi. Siz esa nomdor öyinçilar çetda qolganidan gapiryapsiz. Ha, men dongdor öyinçilarni tarkibga kiritmadim. Lekin boşqa futbolçilarni öynatdim-ku. Men uçun yaxşi jihati şu böldiki, maydondagi hamma: 90 daqiqa öynaganlar ham, Mata kabi 15 daqiqa töp surganlar ham astoydil harakat qilişdi. Ularning öyinga munosabatidan xursand böldim».
Eslatib ötamiz, mankunianliklar bu öyinda Marvon Fellaynining 90+1-daqiqadagi goli evaziga ğalaba qozonişdi.












