Vazirlar Mahkamasining 24.11.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.  

Norma’ning yozişiça, ijobiy xorijiy tajribani, birinçi navbatda Turkiya va Koreya tajribasini hisobga olib işlab çiqilgan namunaviy loyihalar böyiça quriliş işlari olib boriladi. Jami 2018–2019 yillarda siğimi 8–50 nomerli 365ta kiçik mehmonxona va xostellarni quriş rejalaştirilmoqda. Işlar Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi bir qator tuman va şaharlarda amalga oşiriladi. 
 
Qurilişga xorijiy va mahalliy investorlar – tadbirkorlarni jalb qiliş közlanmoqda. Buning uçun kamida 5 ta «jozibador» yer uçastkasi har oyda «E-IjroAuksion»ga qöyiladi. Bu haqda biznes xabardor qilinadi.
 
Yer ajratiş Tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanişga beriş tartibi töğrisidagi nizom qoidalariga muvofiq amalga oşiriladi. Biroq elektron auksion istisno tariqasida yanada qisqa – elektron savdo maydonçasida amalga oşiriladigan barça tartibotlar bilan birga 10 kundan oşmagan muddatda ötkaziladi.
 
Mehmonxonalar hududiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortib keliş bilan boğliq xarajatlar mahalliy byudjyetlar hamda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga moliyalaştiriladi. Binolarni ularga bevosita ulaş esa – investorlar hisobiga. Qurilişning namunaviy loyihalari investorlar – tadbirkorlarga bepul asosda beriladi.
 
Investorlarga amaliy yordam körsatiş maqsadida Respublika va hududiy işçi guruhlar tuzildi.
 
Hujjat 27.11.2018 yildan kuçga kirdi.