Özbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan «Ilmga e'tibor – kelajakka e'tibor» nomli oliy ta'lim muassasalari talabalarining tölov-şartnoma pullarini tölab beriş böyiça xayriya aksiyasining taqdimoti ötkazildi. Tadbirda Din işlari böyiça qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining rahbar xodimlari, professor-öqituvçilar, talaba yoşlar qatnaşdi.

Tadbirda «Vaqf» fondi tomonidan amalga oşirilayotgan muhim tadbirlardan biri respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba yoşlarni moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida, 145 nafar talabaga 1.243.200.782 söm miqdorida tölov-şartnoma pullari tölab berilganini alohida qayd etildi.

Şuningdek, ötgan davr mobaynida fond tomonidan diniy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalaştiriş uçun 298.631.000 söm, diniy ta'lim muassasalari professor-öqituvçilari, talabalarni moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş uçun 165.650.000 söm, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar talaba farzandlarini qöllab-quvvatlaş uçun 1.243.200.782 söm, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, şu jumladan, imkoniyati çeklangan şaxslarni moddiy qöllab-quvvatlaş uçun 1.170.867.159 söm, «Muruvvat karvoni» xayriya tadbiri doirasida 388.903.100 söm, jami bölib 3.343.956.041 sömdan ziyod mablağlar xayriya qilingan.