Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent şahrida Aju universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi va Aju universitetining (Koreya Respublikasi) Toşkent şahrida Aju universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifi qabul qilindi.
Universitet faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining istiqbollariga muvofiq quriliş, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boşqa talab yuqori bölgan ta'lim yönalişlari böyiça yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş;
quriliş, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boşqa talab yuqori bölgan ta'lim yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va modernizatsiya qilişga qaratilgan yangi ta'lim dasturlari va öqitiş şakllarini işlab çiqiş va joriy etiş;
mutaxassislar, ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimini ta'lim va fan uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, şuningdek, jahon ta'lim hamda ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalaş asosida rivojlantiriş;
mehnat bozorida mavjud muammo va ehtiyojni hisobga olgan holda quriliş, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boşqa talab yuqori bölgan ta'lim yönalişlari böyiça ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiriş;
pedagogik salohiyatni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, öqitişning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillaştiriş;
ta'lim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlar, avvalo, Koreya Respublikasining yetakçi ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantiriş va mustahkamlaş.
Qayd etilişiça, Aju universiteti (Koreya Respublikasi):
Universitetning öquv jarayoniga ilğor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etiş;
Universitetning mutaxassislari va professor-öqituvçilari tarkibining, şu jumladan, çet elda malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş;
Universitet kutubxona fondini şakllantiriş va uni zamonaviy öquv, öquv-uslubiy va ilmiy-texnikaviy adabiyotlar bilan töldiriş, şuningdek, Aju universiteti (Koreya Respublikasi) resurslar bazasidan foydalaniş imkoniyatini taqdim etgan holda zamonaviy axborot-resurs markazini taşkil etişga kömaklaşadi.












