Hokim Xlestakovga: «Unter-ofitserning xotini yolğon gapiradi; men uni urganim yöq, Xudo haqqi,yolğon. Özini-özi urgan».
N.V. Gogol, «Revizor» (1836)
Özbekiston Davlat bojxona qömitasi Ukraina farmatsevtika mahsulotlarini bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazmayapti. Bu borada heç qanday rasmiy izoh berilmaganidan esa, bu Ukraina tomonidan Özbekistonning yengil avtomobillar importiga nisbatan subsidiya masalasida tergov-suriştiruv işlari ötkazilişiga javob deb taxmin qiliş mumkin. Bu yerda gap Özbekiston mahsulotlariga nisbatan qandaydir harakat yoki qarorlar haqida emas, faqatgina tekşiruv haqida bormoqda.
Bojxona qömitasining bu harakati töğrisida nima deyiş mumkin?
Bu noqonuniy
Ukraina tomoni heç qanday noqonuniy iş qilgani yöq. Buning ustiga, heç qanday nodöstona harakatni amalga oşirmadi. Bunday tekşiruv bozorda halol raqobatni ta'minlaş maqsadida ötkaziladigan oddiy amaliyotdir.
Bojxona qömitasi Özbekiston qonunçiligini (yuk heç qanday asoslarsiz uşlab turilibdi) va xalqaro kelişuvlarni buzmoqda.
Bu mantiqqa zid
Yaxşi bilamizki, xorijda özbek avtomobillari özimizdagiga nisbatan arzonroq narxda sotilgan. Köpinça tannarxidan ham arzonroqqa. Bu amalda özbek iste'molçilari va soliq tölovçilari xorijlik xaridorlarni subsidiyalab kelganini bildiradi. Ya'ni mahalliy avtomobillar eksporti ösişining çiroyli körsatkiçlari bizning çöntagimizdan moliyalaştirilgan. Keling, bir savolni berib köraylik: bu bizga kerakmi?
Agarda Ukrainaning tekşiruvi bizning avtomobillar subsidiyalangan narxlarda sotilganini körsatib bersa, menimça, buni tan oliş va Ukraina tomoniga bu holat boşqa qaytarilmasligini tuşuntiriş mantiqqa mos böladi. Ayniqsa, bundan buyon bunday qilişning bizga foydasi yöq.
Savdo uruşiga kiriş eng bema'ni qaror. Buning ustiga, biz endi avtomobillarni tannarxidan arzon sotmaymiz. Şunday ekan, «uruş»ning nima keragi bor?
















