Huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev Toşkent şahrida doimiy propiska muammosi haqida material yozdi.

Toşkent şahri va Toşkent viloyati uçun doimiy propiska mana bir neça yillardan buyon aktual masala.

Bunaqa rasvo tizimdan kimga nima foydaligini haligaça tuşunmayman (menda doimiy propiska bor, alamzadalikdan aytmayapman buni). Foydani bilmadimu, lekin iqtisodçi, «Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşi a'zosi Behzod Hoşimov hammualliflikdagi maqolasida Toşkent propiskasining iqtisodiyotga salbiy ta'siri haqida yaxşi maqola yozgandi.

Ilgari doimiy propiska şunçaki tösiq va taqiq bölgan bölsa, endilikda öziga xos biznesga aylangan.

Masalan, 2017 yil 19 iyul kuni «Toşkent Respublikasi»da doimiy propiskasi bölmagan Özbekiston fuqarolari uçun yangi qoida kuçga kirdi: eng kam oylik iş haqining 2500 baravaridan qimmatroqqa yangi uy sotib olganlarga Toşkent propiskasi beriladi. Öşa paytda bu miqdor 374 mln sömni taşkil etar edi. Bu qaror qimmat uy-joy quradigan tadbirkorlarning lobbisi bölmagan edi, işonamiz.

Uşbu qarorda Hukumat nafaqat elit toifadagi tadbirkorlar, balki davlat byudjyetini ham «unutib qöymadi». Ya'ni, notariuslar uy-joy oldi-sotdisining 5 foizi miqdorida davlat boji undira boşladi. Öşa paytda bu eng kami 18 mln 721 ming sömni taşkil qilardi, 1 mlrd sömlik uy olsa, 50 mln sömga aylanardi. Mömay daromad, şunday emasmi?

Yaqinda qarorga özgariş kiritildi. Xususan, endilikda Toşkentda doimiy propiska oliş uçun albatta EKIHning 2500 baravaridan kam bölmagan uy oliş tartibi bekor qilindi. Buning uçun