Bişkekning Pervomaysk tuman sudi hozirda hibsda uşlab turilgan sobiq boş vazir Sapar Isaqovga nisbatan ehtiyot çorasi masalasini körib çiqdi. 

Tergovçilar Isaqovning 2019 yil yanvarigaça uşlab turilişini söraşgan.

Advokatlar bunga qarşi çiqişgan, biroq sudya Isaqovning 5 yanvargaça tergov izolyatorida saqlanişi haqida qaror çiqargan.

Isaqov Bişkek issiqlik elektr markazini modernizatsiyalaşdagi korrupsiya ayblovi bilan joriy yilning 5 iyunida hibsga olingandi.

Ma'lum qilinişiça, Isaqov 2013 yilda sobiq prezident Almazbek Atamboyev apparati rahbari örinbosari lavozimini egallagan vaqtda Bişkek IEMni modernizatsiyalaş loyihasini amalga oşirişda özining siyosiy mavqeidan foydalanib, bir guruh şaxslar bilan birgalikda pudratçini tanlaşda xorijiy kompaniya manfaatlarini qöllab-quvvatlagan. Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga öta katta qiymatda ziyon yetkazilgan.

Bunday ayblovga esa Bişkekdagi yagona IEMda yanvarda anomal sovuq vaqtida avariya yuz bergani sabab bölgan. Poytaxtda normal issiqlik ta'minoti rejimini bir haftadan keyingina tiklaşga muvaffaq bölingan. Uşbu holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilib, “Elektr stansiyalar” davlat kompaniyasining deyarli barça yetakçi boşqaruvçilari hibsga olingan. 

Avariyadan keyin markazning modernizatsiyalanişi böyiça yirik mojaro çiqqan. Uşbu markazni modernizatsiyalaş 386 mln dollarga tuşgan.