AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan Buenos-Ayresda bölib ötgan uçraşuvdan keyin Xitoyga nisbatan qöşimça tariflarni joriy qilmaslikka qaror qildi. “Ular kamida 90 kun mobaynida yangi tariflarni joriy qilmaslikka qaror qilişdi”, deb xabar beradi  Reuters agentligi Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.  

Dastlab AQŞ 1 yanvardan umumiy hajmi 200 mlrd dollar bölgan Xitoy tovarlariga 25 foizlik tarif joriy qilişi közda tutilayotgan edi. Biroq Tramp qarorini özgartirdi. “Sinxua” axborot agentligining xabar berişiça, Xitoy va AQŞ rahbarlari barça qöşimça tariflarni bekor qiliş böyiça muzokaralarni tezlatişga kelişib olişdi.  

“Xitoy va AQŞ barça amaldagi tariflarni bekor qilişga qaratilgan muzokaralarni tezlatadi”, – deb xabar beradi axborot agentligi taşqi işlar vazirligiga tayanib. 

Xitoy taşqi işlar vaziri Van I AQŞ va Xitoy rahbarlari “qulay payt kelganda” özaro taşrifga kelişib olişganini aytgan. “Rais Si Tszinpin va AQŞ prezidenti Donald Tramp qulay payt kelganda taşrif almaşişga kelişib olişdi”, – dedi Van I uçraşuv yakunlariga töxtalib.   

Tramp va Si Tszinpin “ikki davlat albatta munosabatlarini yaxşilab olişi”ga kelişib olişdi.