«Norma» huquqiy-axborot portali quriliş, bojxona nazorati, taşqi reklama, mehnat migratsiyasi va boşqa sohalarda 2018 yilning 1 dekabridan boşlab amal qiladigan asosiy huquqiy özgarişlar bilan taniştirdi.
Bojxona nazorati uçun yangi yölaklar
Mamlakatda xavfni boşqariş avtomatlaşgan tizimi joriy etildi. Uning doirasida 1 dekabrdan «sariq» va «qizil» yölaklar iş boşlaydi. Birinçi yölak orqali bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma'lumotlarni tekşiriş böyiça bojxona nazorati şakllari xavf darajasi örta körsatkiçga ega tovar va transport vositalari tekşiriladi. Ikkinçi yölak esa xavf darajasi yuqori körsatkiçga ega obektlar uçun möljallangan.
Hozirça yölaklar mos ravişda 70% / 30% nisbatda tovar va transport vositalarining xavf profillari yoki tasodifiy tanlaş asosida qöllaniladi. Lekin bunga qadar mavjud bölgan ikki yölakli tizimdan farqli ravişda, yangi tizimda törtta yölak bölişi közda tutilgan: 2019 yil martdan şuningdek, «kök» va «yaşil» yölaklar ham işga tuşadi.

Qurilişdagi yangi tartib
Birinçidan, endilikda töğridan-töğri investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oşirilayotgan quriliş loyihalarining smeta qismidan taşqari barça obektlar uçun smetani ekspertizadan ötkaziş majburiy böladi.
Ikkinçidan, qurilişi tugallangan obektlarni foydalanişga qabul qiliş tartibi modernizatsiya qilindi. Endilikda obektlarni foydalanişga qabul qiliş quriliş sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmaçi, pudratçi (boş pudratçi) vakillari iştirokida amalga oşiriladi. Davlat xaridlari sub'yektlari mablağlari hisobiga moliyalaştiriladigan obektlarni quriş bundan mustasno.
Uçinçidan, bir vaqtning özida loyihalaştiriş, xarid qiliş va quriliş işlari («fast-track» usuli) bilan qurilişni amalga oşirişga ruxsat etildi. Biroq buning bir şarti bor – loyiha va pudrat taşkilotlari konsorsium taşkil etişlari kerak. Konsortsium iştirokçilari zimmasiga loyihani sifatli va öz vaqtida amalga oşiriş uçun solidar javobgarlik yuklatiladi
Xorijlik mutaxassislarga - «yaşil çiroq»












