Angliya çempionatining 14-turida «Çelsi» «Fulhem» ustidan ğalabaga erişdi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 4-daqiqasidayoq Pedro Rodriges N'Golo Kantening uzatmasidan keyin hisobni oçdi. Öyin oxirida Ruben Loftus-Çik Eden Azarning pasidan keyin ikkinçi golni urdi.
Bu Sarri jamoasining Premer-ligada oxirgi uç öyindagi ilk ğalabasi böldi. 14 turdan keyin «Çelsi» oçkolari sonini 31taga yetkazgan va çempionat turnir jadvalida uçinçi öringa kötarilgan. «Fulhem» 8 oçko bilan 20-örinda qolmoqda.
Keyini turda «Çelsi» «Vulverhempton» mehmoni böladi, «Fulhem» «Lester Siti»ni qabul qiladi. Ikki öyin ham 5 dekabrga belgilangan.
Angliya çempionati
14-tur
Çelsi – Fulhem 2:0
Gollar: 1:0 – 4 Pedro, 2:0 – 82 Loftus-Çik.
Çelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso (Dzappakosta, 78), Aspilikueta, David Luiz, Kovaçiç (Loftus-Çik, 67), Jorjino, Pedro, Kante, Azar, Jiru (Morata, 70).
Fulhem – Riko, Mouson, Odoi, Le Marşan, Çembers, Kerni (Kebano, 76), Seri, Sessenon (Kamara, 46), Yuxansen (Ayite, 46), Kristi, Mitroviç.
Ogohlantirişlar: Odoi (54), Aspilikueta (69), Morata (83).












