Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoyişiga asosan Hurmat Matyoquboviç Abdukarimov Xorazm viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi xabar bermoqda.

Hurmat Abdukarimov 1974 yili Urganç tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1996 yilda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoati institutini muhandis-iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996 yili Qöşköpir tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimidan boşlab, davlat soliq boş inspektori, şö'ba boşliği vazifalarida işlagan. 

2004 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boşqarmasi Hisobga oliş, tahlil qiliş va soliq statistikasi bölimi boşliği, 2006 yildan Qöşköpir tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2007 yildan Urganç şahar davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2008 yildan viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi, 2008-2017 yillarda viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida samarali faoliyat körsatgan. 2017 yildan Boş Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği örinbosari, 2018 yil avgust oyidan yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Boş Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyati davlat soliq boşqarmasining avvalgi rahbari Qudratbek Egambergenov Xorazm viloyati hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Prezident taşrifi doirasida Xorazm viloyatida beş hokim özgardi