Qatar Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkiloti - OPeKni tark etiş niyatida.
Bu haqda AFP mamlakat energetika vaziri Muhammad bin Solih as-Sadga tayanib xabar bermoqda.
Neft qazib oluvçi mamlakatlar tomonidan neft qazib olişga kvotalarni nazorat qiliş maqsadida taşkil etilgan OPEK tarkibiga 15 davlat kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq neft narxlari «qulagani» xabar berilgandi.
Neft narxining qulaşi OPeK hisoboti e'lon qilinganidan söng yuz berdi, unda taşkilot 2018 va 2019 yillarga neft qazib oliş böyiça prognozni kötardi, şuningdek, sentabr bilan soliştirganda oktabrda qazib oliş hajmining oşişi bildirildi. Bozor öyinçilari taklifning köpligiga reaksiya bildirişdi hamda barrel narxi pastga tuşib ketdi.












