Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy Polşada nigeriyaliklar bilan uçraşuv vaqtida uning örniga qiyofadoşi iştirok etgani haqidagi gaplarni uydirma deb atadi. 

“Bugun (2 dekabr) Polşada nigeriyaliklar bilan uçraşuvimda kötarilgan masalalardan biri mening klonlaştirilganim yoki yöqligi haqidagi savol böldi. Nodonlarça gaplar ajablantirmaydi: men ötgan yil soğliğim munosabati bilan ta'tilda bölganimda, köpçilik meni öldi, deb umid qilgandi”, deb yozgan prezident tvitterda. “Men barçangizni işontirib aytişim mumkin, men haqiqiyman. Şu oyda 76 yoşimni nişonlayman”, deb izoh bergan prezident Polşadagi uçraşuvdagi nutqi videosiga.  

Buxoriyning aytişiça, Nigeriya vitse-prezidenti Yyemi Osinbajo ham u yöqligida turli miş-mişlarga duç kelgan. Ba'zi odamlar Buxoriyni ölgan va uning örnini Osinbajo egallagan deb öylab, u bilan boğlanib vitse-prezidentlikka öz nomzodlarini taklif qilişgan.

2017 yil may oyida Buxoriy Buyuk Britaniyaga davolanişga yöl olgani va öz vakolatlarini vitse-prezident Yyemi Osinbajoga topşirgani ma'lum qilingandi.