Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko ukrainaliklarni “dushman tajovuziga shay turishga” chaqirdi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ukrainaliklarni “dushman tajovuziga shay turishga” chaqirdi. U bu xabariga Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan, Ukraina qurolli kuchlari mashg‘ulotlari videosini ilova qilgan.
“Biz mudofaaga shay turishimiz va istalgan vaqtda tajovuzkorga qarshilik ko‘rsatishga tayyor bo‘lishimiz lozim”, deb aytgan Ukraina prezidenti.
Poroshenko dushman Ukraina hududiga bostirib kirish qarori uchun katta haq to‘lashi kerakligini aytgan.
Avvalroq Poroshenko nemis OAVga bergan intervyusida Rossiya go‘yoki Donbassdan Qrimga quruqlik bo‘yicha o‘tish yo‘lagini qo‘lga kiritish uchun Ukrainaning Berdyansk va Mariupol shaharlarini bosib olmoqchiligini ma'lum qilgan.
Rossiyada Ukraina prezidentining bu bayonoti tanqid ostiga olingan. Qrimni bildiruvchi senator Sergey Tsevkov Poroshenkoni uydirmachi va fantazyor deb atagan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Poroshenkoning so‘zlariga izoh berib, aynan Rossiya Yevropani hozirda Ukrainada sodir bo‘layotgan “johillik, zulmkorlik, terrorchilik, tajovuz va militarizm”dan himoya qilayotganini aytgan. Zaxarova Kiyevning harakatlarini o‘z xalqiga qarshi urush deb atagan.
Hozirda Ukrainaning 10 ta viloyatida harbiy vaziyat tartibi kiritilgan. U 30 kun amal qiladi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari, jumladan saylovlarda ishtirok etishlari, fikr va so‘z erkinligini vaqtinchalik cheklaydi.
Avvalroq Poroshenko Ukraina harbiy-sanoat majmuasini alohida ish tartibiga o‘tkazishni buyurgan. Bundan tashqari, 3 dekabrdan Ukrainada zaxiradagi harbiy xizmatchilarning katta ko‘lamli safarbarligi boshlanadi.
Mavzuga oid
09:51
Odessa Rossiyadan uchirilgan dronlar hujumiga uchradi
09:37
Rossiya KXDRdan 14,4 mlrd dollarlik harbiy yordam oldi
19:47 / 18.03.2026
Pentagon Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirgan generalga qarshi tergov yuzasidan hisobot berdi
16:42 / 18.03.2026