17:40 / 03.12.2018
4709

«Sauthempton» bosh murabbiyi «MYu» bilan durangdan keyin iste'foga chiqarildi

«Sauthempton» bosh murabbiyi Mark Xyuz lavozimini tark etdi.

Klub 55 yoshli mutaxassis bilan birga uning yordamchilari Eddi Nedzvetski va Mark Bouenga ham javob bergan.

«Sauthempton» yangi bosh murabbiy qidirishda davom etmoqda.

Keyingi turda «Tottenhem»ga qarshi o‘yinga jamoani Kelvin Devis boshlab tushadi.

Xyuz «Sauthempton» boshqaruviga shu yilning martida kelgandi. «Avliyolar» shanba oqshomida uning boshchiligidagi oxirgi uchrashuvda «Manchester Yunayted» bilan durang o‘ynagandi (2:2).

APLning 14 turidan keyin jamoa turnir jadvalida 18-o‘rinda joylashgan. Jamoa chempionatdagi oxirgi g‘alabasiga 1 sentabr kuni «Kristal Pelas» bilan o‘yinda erishgandi (2:0).

Bu joriy mavsumda APLda ikkinchi klubda bosh murabbiy o‘zgarishi bo‘ldi. Noyabr oyining ikkinchi yarmida «Fulhem» Slavisha Yokanovichni ishdan haydab, uning o‘rniga Klaudio Ranerini tayinlagandi.

Mavzuga oid
Top