17:06 / 03.12.2018
12786

Superliganing kelasi mavsumdagi 11-ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi

Superliga va Pro-liga klublari o‘rtasida o‘tadigan ikkita o‘tish o‘yinidan dastlabkisi bo‘lib o‘tdi. Bugun «Paxtakor» stadionida «So‘g‘diyona»va «Mash'al» klublari yuqori liga yo‘llanmasi hal qilinadigan pley-off bahsida maydonga tushdi.

«So‘g‘diyona» Superliganing quyi guruhini 5-o‘rin bilan yakunlagan, «Mash'al» esa Pro-liga «A» guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. O‘tish o‘yinida jizzaxliklar muborakliklarni 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. «So‘g‘diyona» safida gollarga Shohruz Norxonov, Sernas Darvidas va Oybek Nurmatov mualliflik qilgan bo‘lsa, Qashqadaryo jamoadan ularga faqat Sardor Rahmonov penaltini aniq amalga oshirish bilan javob qaytara oldi.

Shu tariqa, «So‘g‘diyona» kuchlilar safidagi o‘rnini saqlab qoldi. Jamoa kelasi mavsum 11-marotaba O‘zbekiston oliy ligasida ishtirok etadi.

Ertaga O‘zbekiston kubogi sohibi, Superliga quyi oltiligini 4-o‘rinda yakunlagan OKMK va Pro-liga «A» guruhida 3-o‘rinni olgan «Istiqlol» ikkinchi o‘tish o‘yinida qatnashadi. Uchrashuv «Lokomotiv» stadionida soat 14:00da boshlanadi.

SO‘G‘DIYoNA – MASh'AL – 3:1
Toshkent. “Paxtakor” stadioni
Gollar: Shohruz Norxonov (38), Sernas Darvidas (48), Oybek Nurmatov (72)– Sardor Rahmonov (79, penalti).
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (Shahboz Jo‘rabekov, 23), Shoxruz Norxonov, Tohir Shamsiddinov, Sanjar Rashidov, Sernas Darvidas (Oybek Nurmatov, 61), Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, Ixtiyor Toshpo‘latov (Izzatilla Abdullayev, 70), Nuriddin Hasanov.
Mash'al: Rahim Davronov, Sardor Rahmonov, Asil Begimqulov, Sardor Abduraimov, Abdulloh Olimov, Humoyun Murtazoyev, Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov (Zafar Akramov, 55), Husniddin Aliqulov, Akrom Bahriddinov (Vohid Shodiyev, 74), Sirojiddin Qo‘ziyev.
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Eldor Tursunov.
Nazoratchi: Artyom Arutyunov.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov.
Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov (78), Nikola Milinkovich (87)– Akrom Bahriddinov (66), Vohid Shodiyev (75).

4 dekabr
14:00. OKMK – Istiqlol
Toshkent. «Lokomotiv» stadioni

Top