2018 yilning 4-6 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi Çelyabinsk şahrida (Rossiya) Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlarning birinçi Hududlar forumida iştirok etadi.
TIV xabariga köra, Hindiston, Pokiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Özbekistonning hudud rahbarlari hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiladilar.
Delegatsiyalar özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş uçun Çelyabinsk viloyatining salohiyati bilan ham tanişadilar, deyiladi xabarda.












