2018 yilning 1 dekabr kuni «AKFA Medline» köp tarmoqli tibbiyot markazining oçilganiga 1 yil böldi. Mazkur muhim kun munosabati bilan klinikada tantanali marosim taşkil etildi. Unda Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari, turli klinikalar rahbarlari, xorijlik mutaxassislar, tibbiyot markazi bilan hamkorlik qilib kelayotgan bank, suğurta, dori vositalarini yetkazib beriş kompaniyalari xodimlari, şuningdek, tibbiyot sohasida faoliyat yurituvçi professor, akademiklar iştirok etişdi. Marosimni «AKFA Medline» tibbiyot markazi rahbari Kamola Mirzaliyeva oçib berdi. Sözga çiqqanlar klinikaning bir yilda amalga oşirgan işlariga atrofliça töxtalib ötişdi.

Yil davomida tibbiyot markazida nafaqat yurtimiz aholisi, balki xorijlik fuqarolar ham davolanganini qayd etiş zarur. Statistikaga nazar taşlaydigan bölsak, markazda şifo topganlar qatorida dunyoning juda ham köplab mamlakatlari, xususan, AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Rossiya, Yaponiya, Germaniya kabi davlat fuqarolarini uçratiş mumkin. Yana bir e'tiborga molik jihat qöşni, qardoş mamlakatlardan ham köplab insonlar şifo izlab «AKFA Medline» tibbiyot markazimizga taşrif buyurişdi. Ularga yanada qulaylik yaratiş maqsadida fevral oyida klinikaning Qozoğistonning Çimkent şahrida vakolatxonasi oçildi. Yaqin kunlarda Tojikistonda ham rasmiy ofisning oçilişi rejalaştirilgan.

«AKFA Medline» ötgan vaqt mobaynida turli oğir xastaliklaridan aziyat çekayotgan bemor bolalarni soğlom hayotga qaytarişga özining hissasini qöşdi, imkon qadar köp oilalarga quvonç va baxt ulaşişga intildi.
Tibbiyot markazida 400 dan ortiq iş örni yaratilib, çet mamlakatlardagi yetakçi klinikalarda faoliyat yuritayotgan özbekistonlik mutaxassislar jalb qilindi. Şuningdek, yil davomida Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar taklif etildi. Ular yurtimiz fuqarolariga bepul konsultatsiyalar berişdi va turli murakkablikdagi operatsiyalar ötkazişdi. Şu bilan birga, xorijlik mutaxassislar iştirokida özbekistonlik şifokorlar uçun seminar, master-klass, konferensiyalar taşkil etildi.












